O‘ZGACHA

KLASSIK QAHVA

Jacobs Monarch - bu hashamatli qahva tajribasini taqdim etish uchun sinchkovlik bilan yaratilgan boy va xushbo‘y hidli aralashma. Eng yaxshi donalardan to‘plangan, uning baxmal tuzilishi va jo‘shqin ta’mi silliq, yoqimli ichimlik hosil qiladi va har bir ho‘plamni sof lazzatlanish lahzasiga aylantiradi.

YANGI AVLOQ QAHVASI

TUYILGAN VA ERUVCHAN QAHVA

JACOBS BARISTA EDITIONS AMERICANO – yangi avlod qahvasi –“tuyilgan va eruvchan”. Har bir eruvchan Millicano granulasida 100% tabiiy o‘ta nozik maydalangan qahva mavjud. Damlash davomida, ichidagi tuyilgan qahva o‘zining boy ta’mi va xushbo‘yligini taqdim etadi. Uning zarralarini finjonning tubida ko‘rishingiz mumkin. Bu Barista innovatsion texnologiyasi hisoblanib, uning yordamida JACOBS BARISTA EDITIONS AMERICANO qahva mashinasidagi kabi qahvaning boy ta‘miga ega boʻladi va eruvchan qahva kabi tez damlanadi.

TEZ TAYYORLANG. SEKIN ICHING

ERUVCHAN QAHVA

Vaqtingiz kammi? Mazasini sezmay qolmang. Eruvchan qahvalarimiz 100% qahva donalaridan tayyorlangan va boshqa hech narsa qo‘shilmagan. Sizga munosib bir finjon Jacobs qahvasi lazzatini berish uchun mutaxassislarimiz tomonidan ehtiyotkorona saralangan.

MAXSUS NARSA

QAHVA 1-DA 3

Jacobs 1da3 qahva mikslarida misli ko‘rilmagan turli ta’mlarni kashf eting. Tanish kapuchino ko‘piklaridan tortib tuzlangan karamelning mislsiz shirinligigacha.

DONALI QAHVANI SEVUVCHILAR UCHUN

DONALI QAHVA

Mukammal bir finjon qahva mukammal donalardan boshlanadi. Muhabbatla kupajlangan va qovurilgan. Eng zo‘r qahva tayyorlashga va uyingizni Jacobs’ning mislsiz xushbo‘y hidi bilan to‘ldirishga tayyor. O‘zingizga mos Wunderbar shunday topiladi.

BOY TA’M VA O‘ZIGA XOS XUSHBO‘Y HID NAMUNASI

QOVURILGAN VA TUYILGAN QAHVA

1895 yilda qahva tayyorlovchi Yoxan Yakobs o‘z orzusini ro‘yobga chiqardi - u dunyoga yangi maydalangan Jacobs qahvasining ajoyib xushbo‘ylik sehrini taqdim etdi va millionlab odamlarni o‘z imkoniyatlariga ishonishga ilhomlantirdi.

BARQAROR O‘SISH

ENG YAXSHI YETKAZIB BERUVCHILAR TANLOVI

Biz JDE Peet's kompaniyasining Common Grounds tashabbusi bir qismi ekanligimizdan faxrlanamiz. Qahva yetishtiriladigan hududlardagi fermerlar va tub aholiga yordam berish bilan birga, qahva donalarimizni mas’uliyat bilan sotib olishga mas’uliyat bilan yondashamiz.