QAHVA MAHORATI

ILDIZDAN QOVURISHGACHA

SIZ BILARMIDINGIZ?

Qahvaning daraxtda o‘sishini bilarmidingiz? Hammasi doimo yashil bo‘ladigan qahva daraxti va unda mavjud qimmatbaho qizil dukkaklardan boshlanadi. U dunyoning 70 ga yaqin mamlakatida, tropik va subtropik mintaqalarda yetishtiriladi. Quyidagilarni bilarmidingiz:

Qahva daraxti issiq va nam iqlimlarni yaxshi ko‘radi. Ular seryomg‘ir va unumdor tuproqda 17-23°C haroratda yaxshi o‘sadi.

Qahvaning 60 dan ortiq turli navlari mavjud, ammo arabika va robusta eng ko‘p yetishtiriladi. Arabika o‘zining nozik shirinligi bilan mashhur, robusta dukkaklari esa biroz achchiqroqdir.

Qahva gullari xuddi shunday xushbo‘y hid va oq rangga ega bo‘lgan jasmin gullariga o‘xshaydi.

MAHORAT BILAN TAYYORLANGAN

Qanday qilib qavha dukkaklari mazali qahvaga aylanishi haqida o‘ylab ko‘rganmisiz? Hosil yig‘ishtirib olinganidan keyin dukkaklar ehtiyotkorlik bilan yuviladi, quritiladi, saralanadi va aralashtiriladi, bu turli xil navlarning individual xarakterini birlashtiradi.

 

 

ZAVQ BILAN QOVURISH

 

Aralashtirilgandan so‘ng, uning tarkibidagi xushbo‘y yog‘lar va ta’mni chuqur ochib berish uchun biz qahva donalarini qovuramiz.

Qovurish o‘rtacha 12 daqiqa davom etadi.

Qovurish paytida donalarga 200°C dan 250°C gacha bo‘lgan harorat ta’sir etilinadi, bu esa Jacobs xushbo‘yligini yuzaga keltiradi.

Qovurilmagan donalar qovurilganlariga nisbatan og‘irroq bo‘lishini bilarmidingiz? Bunga sabab donalardagi namlikning bug‘lanib ketishidir.

QAHVAMIZ

HAMMA UCHUN DIDGA MOS TANLOV