<BACK TO OVERVIEW

PECHEN`YELI QAHVA

  COLD COFFEE

 

Qahva desert emas, deb kim aytdi? Hozir biz, qahva to`g`risidagi cho`pchaklarni yo`qqa chiqaruvchilar, sizni osonlik bilan bunga ishontiramiz!

 

TARKIBIY QISMI:

  • Jacobs eruvchan qahvasi – 1 choy qoshiq (2 g)
  • Issiq suv – 30 ml
  • Sut - 100 ml
  • Shokoladli pechen`ye - 4 dona
  • Muz – 3-4 bo‘lak
  • Shakar – ta’bga qarab

 

TAYYORLASH:

  • Betakror xushbo`y joduli Jacobs klassik qahvasini tayyorlaymiz: qahvaga issiq suv quyamiz.
  • Blenderda qahva, sutni yaxshilab ko`pirtiramiz. Diqqat qiling - faqat 1 bo`lak muz va 2 dona shokoladli pechen`yeni bir xildagi - mazali ko`pikli shirin qahva paydo bo`lguncha aralashtiramiz.
  • Qadrdon shaffof finjonimizni olib, tabassum va yengillik bilan 3 bo`lak muz tashlaymiz va hosil bo`lgan Frappeni qo`shamiz.
  • Endi 1 dona pechen`yeni maydalab, qahvaga qo`shamiz, qolganlarini esa - butunligicha ko`pik ustidan solamiz.
  • Bir vaqtning o`zida qahva va desertdan lazzatlanamiz!

VIENNA COFFEE

IRISH COFFEE

BAVARIAN COFFEE